7 Aktiv toifalari - 10+ Savdo platformalari - 1000dan ortiq vositalar.
Yana bir vebinarni oʻtkazib yuborishdan charchadingizmi? XM Jonli taʼlimini taqdim etamiz. Bu yerda tomosha qiling LIVE
Yuqoridagi raqamlarga faqat maʼlumot oʻrnida murojaat qilish lozim. XM har bir mijoz uchun alohida moslashtirilgan foreks hisobi yechimlarini yaratishga tayyor. Agar depozit valyutasi USD boʻlmasa, koʻrsatilgan miqdor depozit valyutasiga almashtirilishi lozim.
*Tanlangan vositalar uchun. Svopsiz foreks vositalarining toʻliq roʻyxatini koʻrish uchun bu yerga va metallar roʻyxati bilan tanishish uchun bu yerga bosing.
**Mavjud kredit yelkasi uchun bu yerga bosing.
Siz foreks bozorida yangi boʻlishingiz mumkin, shuning uchun demo hisob savdo salohiyatingizni sinovdan oʻtkazish uchun mukammal tanlovdir. Foyda va zararlar simulyatsiya qilingani bois, u sizga harakatlaringizni xatarga qoʻymasdan virtual pul bilan savdo qilish imkoniyatini taqdim etadi. Siz savdo strategiyalarini sinovdan oʻtkazgach hamda bozordagi harakatlarni oʻrgangach, keyingi qadam sifatida haqiqiy pul bilan savdo hisobini ochishingiz mumkin boʻladi.
XMdagi foreks hisobi bu siz egalik qiladigan va xuddi bank hisobingizga oʻxshab ishlaydigan savdo hisobidir, ammo asosiy farqi uning valyutalar savdosi uchun moʻljallanganidir.
XMdagi foreks hisoblari yuqoridagi jadvalda koʻrsatilgan kabi Micro, Standard, Ultra Low Micro yoki Ultra Low Standard formatlarida ochilishi mumkin.
Foreks (yoki valyuta) savdosi barcha XM platformalarida taqdim etilganiga eʼtibor bering.
Qisqacha aytganda, foreks hisobingiz oʻz ichiga quyidagilarni oladi:
Bankingizga oʻxshash shaklda, siz foreks savdo hisobini XMda dastlabki marta roʻyxatdan oʻtkazganingizda sizdan sodda KYC ("mijozingni tanib ol") jarayonidan oʻtish soʻraladi, bu XMga siz taqdim etgan shaxsiy maʼlumotlar toʻgʻri ekaniga ishonch hosil qilish va mablagʻlaringiz va hisob maʼlumotlaringiz tafsilotlari xavfsizligini taʼminlash imkonini beradi. Agar sizda boshqa XM hisobi boʻlsa, siz KYC tekshiruv jarayonidan oʻtmaysiz, chunki tizimimiz avtomatik ravishda maʼlumotlaringizni tanib oladi.
Foreks hisobini ochganingizda sizga avtomatik ravishda login tafsilotlari yuboriladi, ular sizga XM Shaxsiy kabinetiga kirish imkonini taqdim etadi.
XM Shaxsiy kabineti bu siz hisobingiz funksiyalarini boshqaradigan, jumladan mablagʻlarni depozit qiladigan yoki yechib oladigan, betakror promoaksiyalarni koʻradigan va ishtirok etadigan, sadoqat dasturi holatingizni tekshiradigan, ochiq pozitsiyalaringizni tekshiradigan, kredit yelkasini oʻzgartiradigan, yordam oladigan va XM taqdim etgan savdo vositalaridan foydalanadigan joydir.
Biz mijozlarning Shaxsiy kabinetida taklif etadigan xizmatlar muntazam ravishda yangi funksiyalar bilan boyitib boriladi va shu orqali mijozlarimiz oʻz hisoblarida istalgan vaqtda shaxsiy hisob menejerlarining yordamisiz oʻzgarish yoki qoʻshimchalarni amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Savdo hisobingiz login maʼlumotlari mos hisobingiz mavjud va savdolaringizni amalga oshiradigan joyingiz boʻlgan savdo platformasidagi loginga mos keladi. Siz XM Shaxsiy kabinetidan turib amalga oshiradigan har qanday depozitlar/yechib olishlar yoki boshqa oʻzgarishlar tegishli savdo platformangizda ham aks ettiriladi.
XMdagi multi-aktiv savdo hisobi xuddi bank hisobingiz kabi ishlaydi, ammo farqi shundaki, uning maqsadi valyutalar savdosi, fond indekslari CFDlari hamda metall va energiya mahsulotlari CFDlari savdosini yoʻlga qoʻyishdan iborat.
XMdagi multi-aktiv savdo hisoblari siz yuqoridagi jadvalda koʻrgan Micro, Standard, Ultra Low Micro yoki Ultra Low Standard formatlarida ochilishi mumkin.
Multi-aktivlar savdosi faqat sizga XM WebTraderga kirish imkonini beruvchi MT5 hisoblarida amalga oshirilishi mumkinligiga eʼtibor qarating.
Qisqacha aytganda, multi-aktiv savdo hisobingiz oʻz ichiga quyidagilarni oladi:
Bankingizga oʻxshash shaklda, siz multi-aktiv savdo hisobini XMda dastlabki marta roʻyxatdan oʻtkazganingizda sizdan sodda KYC ("mijozingni tanib ol") jarayonidan oʻtish soʻraladi, bu XMga siz taqdim etgan shaxsiy maʼlumotlar toʻgʻri ekaniga ishonch hosil qilish va mablagʻlaringiz va hisob maʼlumotlaringiz tafsilotlari xavfsizligini taʼminlash imkonini beradi. Agar sizda boshqa XM hisobi boʻlsa, siz KYC tekshiruv jarayonidan oʻtmaysiz, chunki tizimimiz avtomatik ravishda maʼlumotlaringizni tanib oladi.
Savdo hisobini ochganingizda sizga avtomatik ravishda login tafsilotlari yuboriladi, ular sizga XM Shaxsiy kabinetiga kirish imkonini taqdim etadi.
XM Shaxsiy kabineti bu siz hisobingiz funksiyalarini boshqaradigan, jumladan mablagʻlarni depozit qiladigan yoki yechib oladigan, betakror promoaksiyalarni koʻradigan va ishtirok etadigan, sadoqat dasturi holatingizni tekshiradigan, ochiq pozitsiyalaringizni tekshiradigan, kredit yelkasini oʻzgartiradigan, yordam oladigan va XM taqdim etgan savdo vositalaridan foydalanadigan joydir.
Biz mijozlarning Shaxsiy kabinetida taklif etadigan xizmatlar muntazam ravishda yangi funksiyalar bilan boyitib boriladi va mijozlarimiz oʻz hisoblarida istalgan vaqtda shaxsiy hisob menejerlarining yordamisiz oʻzgarish yoki qoʻshimchalarni amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻladilar.
Multi-aktiv savdo hisobingiz login maʼlumotlari mos hisobingiz mavjud va savdolaringizni amalga oshiradigan joyingiz boʻlgan savdo platformasidagi loginga mos keladi. Siz XM Shaxsiy kabinetidan turib amalga oshiradigan har qanday depozitlar va/yoki yechib olishlar yoki sozlamalardagi boshqa oʻzgarishlar tegishli savdo platformangizda ham aks ettiriladi.
MT4 bu MT5 savdo platformasidan oldingi platformadir. XMda MT4 platformasi valyutalar, fond indekslari CDFlari va oltin hamda neft CDFlari savdosi bilan shugʻullanish imkonini beradi, ammo aksiyalar CDFlari savdosini taklif qilmaydi. MT5 savdo hisobini ochishni istamagan mijozlarimiz MT4 hisobidan foydalanishda davom etishlari va istalgan vaqtda qoʻshimcha MT5 hisobi ochishlari mumkin.
MT4 platformasiga kirish imkoniyati yuqoridagi jadvalda koʻrsatilgani kabi Micro, Standard, Ultra Low Micro yoki Ultra Low Standard hisoblari uchun mavjud.
MT5 platformasini tanlagan mijozlar valyutalar, fond indekslari CDFlari, oltin va neft CFDlari hamda aksiyalar CFDlari kabi bir qancha moliyaviy vositalarga kirish imkoniyatiga ega boʻladi.
Sizning MT5 login maʼlumotlaringiz MT5 desktop (yuklab olinadigan) va yordamchi ilovalar qatori XM WebTraderga ham kirish imkoniyatini beradi.
MT5 platformasiga kirish imkoniyati yuqoridagi jadvalda koʻrsatilgani kabi Micro, Standard, Ultra Low Micro yoki Ultra Low Standard hisoblari uchun mavjud.
Asosiy farqi shundaki, MT4 aksiyalar CDFlari savdosini taklif etmaydi.
Ha, mumkin. Har qanday XM mijozi 10 tagacha faol savdo hisobiga va 1 ta aksiyalar hisobiga egalik qilishi mumkin.
Depozitlar, yechib olishlar yoki savdo hisoblaringizga oid har qanday funksiyalarni XM Shaxsiy kabinetida boshqarish mumkin.
Riskdan ogohlantirish: Kapitalingiz risk ostida. Kredit yordamiga ega mahsulotlar hammaga ham toʻgʻri kelmasligi mumkin. Bizning Risklardan ogohlantirishimiz bilan tanishib chiqing.