7 Aktiv toifalari - 10+ Savdo platformalari - 1000dan ortiq vositalar.
Yana bir vebinarni oʻtkazib yuborishdan charchadingizmi? XM Jonli taʼlimini taqdim etamiz. Bu yerda tomosha qiling LIVE
1 hisobidan foreks, tovarlar, qimmatbaho metallar, energiya mahsulotlari va fond indekslari bilan savdo qiling.
XM MT4 yoki MT5 savdo platformalari yordamida dunyo bozorlariga bir zumda kiring.
XMda mijozlar bir xil marja talablari va 1:1 dan 1000:1 gacha kredit yelkasidan foydalanib savdo qilish imkoniyatiga ega.
XMning marja talablari va kredit yelkasi quyida tasvirlangani kabi hisobingizdagi jami kapital miqdoridan kelib chiqadi:
Kredit yelkasi | Jami kapital |
---|---|
1:1 dan 1000:1 gacha | 5$ – 40 000$ |
1:1 dan 500:1 gacha | 40 001$ - 80 000$ |
1:1 dan 200:1 gacha | 80 001$ — 200 000$ |
1:1 dan 100:1 gacha | 200 001$ + |
Marja savdo operatsiyalaringiz vaqtida paydo boʻluvchi har qanday risklarni qoplaydigan garov taʼminotidir.
Marja pozitsiya oʻlchamining foiz koʻrinishida ifodalanadi (masalan, 5% yoki 1%) hamda savdo hisobingizda mablagʼ saqlashning yagona haqiqiy maqadi bu yetarli marjani taʼminlash sanaladi. Misol uchun 1% marjada 1 000 000$ ga teng pozitsiya 10 000$ depozitni talab qiladi.
Foreks, oltin va kumush uchun yangi pozitsiyalar agar yangi pozitsiyalar uchun marja talabi hisobdagi erkin marjaga teng yoki undan kichik boʻlsa ochilishi mumkin. Hedjlaganda, pozitsiyalar marja darajasi 100% dan pastroq boʻlganda ham ochilishi mumkin, chunki hedjlangan pozitsiyalar uchun marja talabi nolga teng.
Boshqa barcha vositalar uchun yangi pozitsiyalar agar yangi pozitsiyalar uchun marja talabi hisobdagi erkin marjaga teng yoki undan kichik boʻlsa ochilishi mumkin. Hedjlaganda, hedjlangan pozitsiya uchun marja talabi 50% ga teng. Yangi hedjlangan pozitsiyalar yakuni marja talablari hisobdagi jami kapitalga teng yoki undan kam boʻlsa ochilishi mumkin.
XMda fond indeksi, tematik indeks va naqd energiya mahsulotlari CFDlari uchun kredit yelkasi avtomatik ravishda moslashtiriladi. Siz oladigan kredit yelkasi (i) savdo hisobingiz kredit yelkasi va (ii) savdodagi CFD belgisi kredit yelkasi orasidagi eng past kredit yelkasi boʻladi.
Marja hisob-kitoblari har bir vositaga qarab amalga oshiriladi. Yaʼni, siz pozitsiyani bir necha vositaga ochgan boʻlsangiz, marja har bir pozitsiya uchun alohida hisoblanadi.
Quyida siz dinamik marja fond indeksi, tematik indeks va naqd energiya mahsulotlari CFDlari uchun qanday hisoblangani misollarini koʻrishingiz mumkin. Bu misollar faqat namoyish maqsadida keltrilgan va savdo uchun hisob-kitoblarda foydalanilmasligi lozim.
Marja talabi = [Lotlar * sharnoma oʻlchami * ochilgan narx] / [(hisob kredit yelkasi, belgi hisob yelkasining) pastroq boʻlgani]
Yuqoridagi formulada koʻrsatib berganiday, pozitsiyaning kredit yelkasi bu hisob kredit yelkasi va alohida belgining kredit yelkasi orasidagi pastroq boʻlgan qiymatdir.
1-misol: Mijoz hisobning asosiy valyutasi boʻlgan USDda 34,500 USD ochilish narxida va 200:1 ga teng kredit yelkasi yordamida 10 ta US30Cash loti savdosini amalga oshirmoqda. Ayni vaqtda belgining US30Cash uchun kredit yelkasi 500 ga teng.
US30Cash pozitsiyasi uchun talab etilgan marja (1-misol) = (10*1*34,500) / 200 = 1,725$
2-misol: Mijoz hisobning asosiy valyutasi boʻlgan USDda 34,500 USD ochilish narxida va 888:1 ga teng kredit yelkasi yordamida 5 ta US30Cash loti savdosini amalga oshirmoqda. Ayni vaqtda belgining US30Cash uchun kredit yelkasi 500 ga teng.
US30Cash pozitsiyasi uchun talab etilgan marja (2-misol) = (15*1*34 500) / 500 = 1035$
Kredit yelkasidan foydalanish siz savdo hisobingizdagi mavjud puldan uzoqroq pozitsiyalarda savdo qilishingiz mumkin ekanini anglatadi. Kredit yelkasi miqdori nisbatda ifodalanadi, masalan, 50:1, 100:1 yoki 500:1. Aytaylik, savdo hisobingizda 1000$ bor va siz 500.000 USD/JPY ga teng chipta oʻlchamlari bilan savdo qilyapsiz, demak sizning kredit yelkangiz nisbati 500:1 ga teng.
Qanday qilib ixtiyoringizdagi miqdordan 500 barobar kattaroq miqdor bilan savdo qilish mumkin? XMda siz marja savdosini amalga oshirganingizda qisqa muddatli bepul kredit yordamiga ega boʻlasiz: bu sizga hisobingizdagi qiymatdan kattaroq miqdorni sotib olish imkonini beradi. Bu yordamsiz siz bir vaqtda faqatgina 1000$ ga teng chiptalarni xarid qilgan yoki sotgan boʻlar edingiz.
XM muntazam ravishda mijozlarning hisoblariga qoʻllanadigan kredit nisbatini nazorat qilishi lozim va oʻz xohishiga koʻra hamda har bir holatdan kelib chiqib ogohlantirmasdan va/yoki XM lozim topgan mijozning barcha yoki har qanday hisobidagi kredit nisbatiga oʻzgartirish kiritish huquqini oʻzida saqlab qoladi (yaʼni, kredit nisbatini pasaytirish).
Siz XMda ochgan hisob turidan kelib chiqib, siz 1:1 dan 1000:1 gacha diapazonda kredit yelkasini tanlashingiz mumkin. Marja talablari hafta davomida oʻzgarmaydi, bir oqshomda yoki dam olish kunlari kengaymaydi ham. Boz ustiga, XMda siz tanlagan kredit yelkasining oshirilishi yoki pasaytirilishini talab etish variantiga egasiz.
Bir tomondan, kredit yelkasidan foydalangan holda nisbatan kichik boshlangʻich sarmoyadan siz sezilarli foyda olishingiz mumkin. Ikkinchi tomondan, tegishli risk boshqaruvini qoʻllamasangiz zararingiz ham juda katta boʻlishi mumkin.
Shuning uchun XM sizga mos keluvchi risk darajasini tanlashingiz uchun kredit yelkasi tanlovini taqdim etadi. Ayni vaqtning oʻzida, biz yuqori darajadagi xatar tufayli 1000:1 ga teng kredit yelkasidan foydalanishni tavsiya etmaymiz.
XM da siz foydalanilgan va erkin marjani kuzatish orqali real vaqtda risklar taʼsirini nazorat qilishingiz mumkin.
Foydalanilgan va erkin marja birgalikda sizning kapitalingizni hosil qiladi. Foydalanilgan marja deb savdoni ushlab turish uchun siz depozit qilishingiz lozim boʻlgan pul miqdoriga aytiladi (masalan, agar siz 100:1 kredit yelkasi bilan hisob ochsangiz, chetga ajratib qoʻyadigan marjangiz savdo oʻlchamingizning 1% boʻladi). Erkin marja bu siz savdo hisobingizda qoldirgan pul miqdori boʻlib, u hisobingiz kapitaliga qarab tebranadi; siz u bilan qoʻshimcha pozitsiyalar ochishingiz yoki har qanday zararlarni qoplashingiz mumkin.
Har bir mijoz oʻzining savdo hisobi faoliyati uchun javobgar boʻlsada, XM maksimal ehtimoliy riskingiz hisobingiz kapitalidan oshib ketmasligini kafolatlash uchun marja talabi siyosatiga amal qiladi.
Hisobingizdagi kapital ochiq pozitsiyalaringizni ushlab turish uchun zarur marjaning 50% dan kamayib ketishi zahoti biz sizda ochiq pozitsiyalarni dastaklash uchun yetarli kapital yoʻqligini bildiruvchi marja talabi haqida ogohlantiramiz.
Stop-aut darajasi deb ochiq pozitsiyalaringiz avtomatik ravishda yopiladigan kapital darajasiga aytiladi. Mijoz hisobidagi stop-aut darajasiga savdo hisobidagi kapital talab etilgan marjaga teng boʻlsa yoki 20% dan tushib ketsa yetiladi.
Riskdan ogohlantirish: Kapitalingiz risk ostida. Kredit yordamiga ega mahsulotlar hammaga ham toʻgʻri kelmasligi mumkin. Bizning Risklardan ogohlantirishimiz bilan tanishib chiqing.