Koʻpincha MT4 deb nomlanadigan MetaTrader 4 chakana xorijiy valyuta savdosi uchun Rossiyaning MetaQuotes Software Corp kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan keng qamrovda ishlatiladigan elektron savdo platformasi boʻlib, hozirda dunyo boʻylab salkam 500 ta broker va banklarga MT4 dasturiy taʼminot litsenziyasini taqdim etgan. 2005-yilda ishlab chiqilgan MT4 savdo dasturi foydalanishga qulay funksiyalari va foydalanuvchilarga oʻz savdo ssenariylari va savdo robotlarini (ekspert maslahatchilar deb tanilgan) yozish imkonini yaratish orqali avtomatik savdoni osonlashtirish imkoniyatini taqdim etish uchun chakana foreks treyderlari orasida oʻta ommalashdi. Koʻpchilik onlayn treyderlar va investorlar uchun, ular foreks yoki CFDlar (Turli moliyaviy vositalar uchun farq shartnomalari) bilan savdo qilishlaridan qatʼi nazar, MetaTrader 4 bugun shubhasiz oila aʼzosiga aylangan.
MT4 nafaqat jahon bozorlariga chiqish uchun eng ommabop onlayn savdo platformasi sanaladi, u shuningdek, chakana xorijiy valyuta savdosi uchun eng samarali dastur ham hisoblanadi (yaʼni, alohida onlayn treyderlar uchun maxsus ishlab chiqilgan). Onlayn (yoki elektron) savdo platformalari kompyuterda ishlaydigan dasturiy taʼminot boʻlib, ulardan moliyaviy vositachilar (yaʼni, ularning oldi-sottisini amalga oshirish orqali xaridorlar va sotuvchilar orasida onlayn tranzaksiyalarni amalga oshiruvchilar) sifatida ishlaydigan moliyaviy tashkilotlar tarmogʻi (masalan, brokerlik kompaniyalari) orqali turli moliyaviy vositalar uchun savdo buyruqlarini joylashda foydalaniladi. Onlayn investorlar savdo platformalarida oʻrtaga qoʻyilgan jonli bozor narxlarida savdo qilishlari hamda ushbu platformalar tomonidan taqdim etilgan savdo hisobini boshqarish, jonli yangiliklar tasmalari, sxema paketlari kabi qoʻshimcha savdo vositalaridan foydalanib daromad salohiyatini oshirishlari va hatto ekspert maslahatchilar deb nomlangan savdo robotlaridan foydalanishlari mumkin.
Bugungi kundagi valyutalar, aksiyadorlik kapitali, obligatsiyalar, fyucherslar va optsionlar kabi moliyaviy vositalar seriyalari bilan savdo qilishga moʻljallangan onlayn savdo platformalari bilan solishtirganda, bu kabi dastlabki dasturlar versiyalari toʻliqligicha fond birjasi bilan bogʻliq boʻlgan. 1970-yillarga qadar brokerlar va ularning kontragentlari orasidagi tranzaksiyalar hamon qoʻlda qayta ishlangan hamda treyderlarda vositachilarsiz bevosita jahon moliyaviy bozorlariga kirish imkoni boʻlmagan. Shu paytlardan boshlab elektron savdo platformalari ushbu tranzaksiyalarning hech boʻlmaganda bir qismini amalga oshirish uchun qoʻllanishi boshlangan. Bunday platformalarning dastlabkilari asosan fond birjasida qoʻllanilgan va RFQ (kotirovka talablari) tizimlari deb tanilgan boʻlib, unda mijozlar va brokerlar keyinroq tasdiqlagan buyruqlar joylangan. 1970-yillardan boshlab, jonli narxlarni koʻrsatmagan e-savdo platformalari asta-sekinlik bilan buyruqlarni salkam shu zahoti bajaradigan, jonli narx oʻzgarishini koʻrsatadigan va takomillashgan mijoz foydalanuvchi interfeysiga ega yanada murakkabroq dasturiy taʼminot bilan almashtirilgan.
MT4 qanday ishlab chiqilgan
Internetga asoslangan xorijiy valyutalar (foreks) savdosi platformalarining birinchi avlodi 1996-yilda paydo boʻldi va bu xorijiy valyutalarni ayriboshlashning tezroq rivojlanishi va mijozlar bozorlarining kengayishiga olib keldi. Natijada, Internetga asoslangan chakana xorijiiy valyuta savdosi alohida mijozlarga dunyo bozorlariga kirish va oʻz kompyuterlaridan turib valyuta savdosi bilan shugʻullanish imkonini yaratdi. Bunday elektron savdo platformalarining birinchi avlodi kompyuterlarga yuklab olinadigan sodda dasturlar boʻlgani va foydalanuvchilarga xayrixoh interfeysga ega boʻlmaganiga qaramasdan, asta-sekinlik bilan texnik tahlil va diagramma yaratish vositalari kabi yangi funksiyalar qoʻshildi va buning oqibatida koʻproq atributlar qoʻshildi va bu dasturlardan veb-platformalar hamda savdo robotlari kabi avtomatik vositalar bilan ishlaydigan mobil qurilmalarda (masalan, smartfonlar yoki planshetlar) foydalanish imkoniyati yaratildi.
Onlayn savdo platformalarining kirib kelishidan tashqari tezda oʻsayotgan xorijiy valyutalar bozori segmenti ham paydo boʻldi, bu alohida foydalanuvchilar brokerlar va banklar orqali jahon bozorlariga kirish va onlayn savdo qilish imkoiyatini, yaʼni chakana foreksni yaratdi. Bu bozor segmeti hatto kichik investorlarga bozorlarga kirish va kichik miqdorda savdo qilish imkonini berdi. Texnik jihatdan murakkabroq boʻlgan savdo platformalariga, xususan, chakana foreks savdosiga boʻlgan talab oʻsib bormoqda hamda bevosita jahon bozorlarida savdo qiluvchi foydalanuvchilarga ehtiyoj ortdi. 2005-yilda bozorga chiqqan MetaTrader 4 onlayn savdo platformasi katta sondagi chakana foreks treyderlariga dunyoning istalgan nuqtasidan turib valyutalar spekulyatsiyasi bilan shugʻullanish va investitsiya kiritish hamda boshqa moliyaviy vositalardan foydalanish imkoniyatini yaratgan dasturga aylandi.
MetaTrader (MT4) dasturidan foydalanish
Hozirda, yarim milliondan ortiq chakana treyderlar MT4 platformasidan har kungi savdo jarayonida foydalanadi va ularning investitsiya kiritish qarorlarini amalga oshirishni osonlashtiradigan avtomatik savdo, mobil savdo, bir bosishda savdo, yangiliklar tasmasi oqimi, biriktirilgan alohida koʻrsatkichlar, katta miqdordagi buyruqlar bilan ishlash imkoniyati, katta miqdordagi koʻrsatkichlar va diagramma vositalari kabi keng diapazondagi funksiyalardan foyda koʻradi. Turfa xil investitsion koʻnikmalar va tajribaga ega yangi va mavsumiy treyderlarga birdek mos keladigan MT4 dasturini dunyoning istalgan nuqtasida bugunning eng mukammal savdo platformasi sifatida eʼtirof etish mumkin.
MT4 va avtomatik savdo
Avtomatik savdo onlayn investorlarga oʻta tez reaksiya vaqti va MetaTrader 4 dasturining MQL dasturlash tilidan foydalangan holda treyderlar tomonidan oʻrnatilgan oldindan belgilangan savdo qoidalari (kirish va chiqish kabi) seriyasi yordamida savdo buyruqlarini avtomatik qayta ishlashdagi yordamchi vosita sifatida yaxshi tanish. Tizim savdosi nomi ostida ham tanish boʻlgan avtomatik savdoning boshqa yana bir afzalligi bor: u savdoni treyderlarning sozlamalaridan kelib chiqib mexanik tartibda amalga oshirgani sababli savdodan, koʻpincha xato investitsion qarorlar qabul qilishga sababchi boʻladigan emotsional omilni chiqarib tashlaydi. Shu orqali, savdo jarayonidagi barcha tahliliy jarayonlar bilan bir qatorda u savdoni investor nomidan amalga oshirish imkoniyatiga ega.
MT4 platformasidagi eng zamonaviy texnologiya avtomatik savdoni oʻzining toʻliq integratsiya qilingan funksiyasi sifatida taqdim etadi, qoʻlda bajariladigan savdoda bajarib boʻlmaydigan tezlikda takroriy savdo buyruqlarini qayta ishlaydi. Koʻpchilik investorlar uchun bu bozorni kuzatish va savdoni amalga oshirish kabi mayda ishlarga ketadigan sezilarli miqdordagi vaqtini tejab beradi.
Retrospektiv sinov (yaʼni, savdo strategiyalarini avvalgi vaqt davrlariga qarab sinash) avtomatik savdoning yana bir afzalligi hisoblanadi, chunki unda savdo qoidalari tarixiy bozor maʼlumotlariga nisbatan qoʻllanadi va bu investorlarga bir necha savdo gʻoyalarining samaradorligini sinash imkonini beradi. Tegishli retrospektiv sinovni qoʻllash orqali treyderlar osonlik bilan savdo gʻoyalarini baholaydi va moslashtiradi va keyinchalik ularni yaxshiroq natijaga erishish uchun oʻz savdo tajribasida qoʻllashadi. Asli samarali boʻlgan avtomatik savdo shuningdek, bozorlarda savdo qilishning murakkab uslubi ham sanaladi va shu sifatda yangi treyderlarga oʻrganish jarayonida kichikroq summalar bilan boshlash tavsiya etiladi.
Qoʻshimcha ravishda, ehtimoliy mexanik xatolar avtomatik tizim tomonidan amalga oshirilgan savdoga taʼsir etishi mumkin va Internetga ulanishi sifatsiz boʻlgan koʻplab treyderlar avtomatik savdo orqali amalga oshadigan savdolarni qoʻlda kuzatishga majbur boʻladilar. Internetga ulanishning sekinligi, kompyuter xatolari yoki kutilmagan tok oʻchishi kabi salbiy omillarni chiqarib tashlash uchun XM kompaniyasining optik tolali ulanishga asoslangan bepul MT4 VPS (Virtual xususiy server) xizmati mijozlarga MT4 VPS xizmatiga ulanish va nuqsonsiz savdodan zavq olishlariga imkon yaratgan holda doimiy ravishda avtomatik savdo operatsiyalari va ekspert maslahatlarining silliq kechishini taʼminlaydi.
Avtomatik savdo va MQL
Avtomatik savdo shubhasiz MetaTrader 4 dasturining eng ommabop funksiyalaridan biridir. 2014-yildan beri NASDAQ va Nyu York fond birjasini qoʻshib hisoblaganda Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi aksiyalar savdosining 75% dan ortigʻi avtomatik savdo tizimlari buyruqlari orqali bajarilganining oʻzi ajoyib maʼlumotdir. Bugun MT4 dasturiy taʼminotidagi avtomatik savdo imkoniyati chakana treyderlar va investorlarga ham taqdim etilishi katta plyusdir, bunda nafaqat aksiyalar, balki xorijiy valyuta (foreks), fyucherslar va opsionlar savdosi bilan shugʻullanish mumkin. MT4 platformasi savdo strategiyalarini amalga oshirish uchun MQL4 patentlangan ssenariylar tilidan foydalanadi va u treyderlarga oʻz ekspert maslahatchilari (yaʼni savdo robotlari), alohida koʻrsatkichlar va ssenariylar ishlab chiqish hamda MT4 strategiya sinov vositasi yordamida oʻz EA vositalarini sinash imkonini beradi.
MQL4 oʻz ichiga treyderlarga avval qabul qilingan va hozirgi kotirovkalarni tahlil qilish, biriktirilgan texnik koʻrsatkichlar yordamida narxlar oʻzgarishini kuzatish va oʻz savdo buyruqlarini nafaqat boshqarish, balki muntazam nazorat qilish imkonini beradigan bir qancha funksiyalarni oladi. Treyderlarning ixtiyorida MT4 dasturida va foreksdan boshqa turli moliyaviy vositalarda 30 dan ortiq alohida texnik koʻrsatkichlar bor va ular investorlarga narx dinamikasi sxemalari, bozor trendlarini aniqlash va ehtimoliy kirish va chiqish nuqtalarini belgilash hamda savdo signallarini boshqarishda yordam beradi.
MQL4 dasturlash tilida yozilgan savdo dasturlari turli maqsadlarga xizmat qiladi va treyderlarga turli funksiyalarni taqdim etadi. Maʼlum diagrammalarga bogʻlangan ekspert maslahatchilar onlayn investorlarga ehtimoliy savdo haqida qimmatli maʼlumot beradi va ularning nomidan savdo qilishi, buyruqlarni bevosita savdo serveriga yuborishi mumkin. Undan tashqari, MQL4 tilidan foydalangan holda, investorlar oʻzlarining alohida koʻrsatkichlarini yozishi va ulardan MT4 mijoz terminalidagi mavjud koʻrsatkichlarga qoʻshimcha sifatida foydalanishi mumkin. MQL4 oʻz ichiga shuningdek, ssenariylarni oladi, ammo ekspert maslahatchilaridan farqli oʻlaroq, bular treyderlarning nomidan oldindan belgilangan harakatlarni amalga oshirmaydi va maʼlum savdo harakatidagi yagona bajariladigan operatsiyani amalga oshirishga moʻljallangan.
Mobil savdo va MT4
MetaTrader 4 21-asr texnologiyalarining barcha talablarini inobatga olgan holda ishlab chiqilgan va shuning uchun mobillikning oʻzagi sifatida yuqori darajadagi moslashuvchanlikni taʼminlaydi. Aynan shuning uchun ham MT4 mobil savdo varianti investorlarga savdo platformasiga oʻz Windows yoki Mac operatsion tizimda ishlaydigan kompyuterlaridan tashqari bevosita smartfon yoki planshetlaridan kirish imkonini taqdim etadi. Shuning uchun savdo portfeli hamda bir necha savdo hisobi boshqaruvi va/yoki monitoringi yoʻlda ketayotib ham amalga oshirilishi mumkin. Bir necha savdo hisobini bitta interfeys va smartfonlar, choʻntak qurilmasi va planshet kabi koʻchma qurilmalardan boshqarish imkoniyati investorlarga savdoda cheksiz imkoniyatlar taqdim etadi, shu bilan birga dasturiy taʼminotning iOS operatsion tizimi bilan mosligi Mac foydalanuvchilariga kuniga 24 soat davomida bozordagi oʻzgarishlardan xabardor boʻlish va bevosita iPhone, iPad yoki iPod Touch orqali savdo buyruqlarini kiritish imkonini taqdim etadi.
MT4 mobil savdosi onlayn investorlar uchun global bozorlarni istalgan vaqt va joydan kuzatish, buyruqlarni bir zumda joylashtirish va bajarish hamda albatta oʻz hisoblarini kompyuterlaridan uzoqda boʻlganda boshqarishni oʻta qulaylashdi. Qoʻshimcha ravishda, mobil savdo toʻgʻri hisob boshqaruvi uchun bir qancha tahliliy variantlar va kotirovkalarning grafik koʻrinishini taqdim etadi. MT4 mobil savdo variantlari smartfonlar va planshetlar uchun kompyuterlar kabi bir xil boʻlgani uchun onlayn investorlar oʻz savdo faoliyatini eng yaxshi natijalarga erishish uchun bir xil tezlik va bir xil savdo qurollaridan foydalanib amalga oshirishlari mumkin.