1 hisobidan foreks, tovarlar, qimmatbaho metallar, energiya mahsulotlari va fond indekslari bilan savdo qiling.
XM MT4 yoki MT5 savdo platformalari yordamida dunyo bozorlariga bir zumda kiring.

Aksiyalar shartlari

Barcha AQSH aksiyalari uchun toʻlov har bir aksiya uchun 0.04$ kommissiyani tashkil etadi, bunda har bir tranzaksiya uchun minimal komissiya 1$.

Barcha Buyuk Britaniya aksiyalari uchun toʻlov har bir tranzaksiya uchun 0.10% kommissiyani tashkil etadi, bunda har bir tranzaksiya uchun minimal komissiya 9$.

Barcha Germaniya aksiyalari uchun toʻlov har bir tranzaksiya uchun 0.10% kommissiyani tashkil etadi, bunda har bir tranzaksiya uchun minimal komissiya 5$.

Har oyning uchinchi jumasida Buyuk Britaniya aksiyalari savdo soatlarida 12:10 va 12:16 GMT+2 orasida (yozgi vaqt qoʻllanishi mumkin) tanaffus boʻladi.

Taqvim sanalari taxminiy va oʻzgarishi mumkin.

Aksiyalar boʻyicha dividendlarning rostlanishi

Aksiyalar dividend rostlanishiga uchrashi mumkin.

Kompaniya oʻz aksiyadorlariga dividend toʻlaganda, kompaniya qiymatini dividendlar miqdoriga kamaytirish muhimdir.

Bu dividendsiz sanada (kompaniya aksiyasi dividend qiymatisiz sotilishni boshlagan kun) ochiq turgan aksiyaning bozordagi narxining kamayishi bilan aks ettiriladi.

Agar sizda dividend toʻlaydigan aksiya boʻlsa, unda sizga dividendsiz sanada soliqdan keyingi miqdor oʻtkaziladi.

Dividendlar uchun qoʻllanadigan soliq stavkalari quyidagicha:

Germaniya: 25%

Buyuk Britaniya: 0% (yaʼni dividendlar uchun soliq toʻlanmaydi)

AQSH: 30%

Uzoq pozitsiyalaringiz quyidagicha hisoblangan miqdorga ega boʻladi:

Dividend rostlanishi = eʼlon qilingan aksiya dividendi x aksiyalardagi pozitsiya oʻlchami x (1 – tegishli soliq stavkasi)

Korporativ voqealar

Quyidagi jadvalda siz bu haftada korporativ choralar kutilayotgan vositalarning barcha belgilarini koʻrishingiz mumkin. Quyida koʻrsatilgan barcha raqamlar likvidlik provayderlarimizning kutgan raqamlarini namoyon etadi va shu sababli ular oʻzgarishi mumkin.

 

Barchasini ochish|Barchasini yopish

20.05.2024

Sana Vosita Dividend miqdori
20.05.2024 J&J_sh 0.868
20.05.2024 Alcoa_sh 0.07

23.05.2024

Sana Vosita Dividend miqdori
23.05.2024 3MCo_sh 0.49

Vebsaytimizda sizga maksimal qulaylik yaratish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Batafsil maʼlumot oling yoki cookie sozlamalaringizni oʻzgartiring.

Riskdan ogohlantirish: Kapitalingiz risk ostida. Kredit yordamiga ega mahsulotlar hammaga ham toʻgʻri kelmasligi mumkin. Bizning Risklardan ogohlantirishimiz bilan tanishib chiqing.