7 Aktiv toifalari - 10+ Savdo platformalari - 1000dan ortiq vositalar.
Yana bir vebinarni oʻtkazib yuborishdan charchadingizmi? XM Jonli taʼlimini taqdim etamiz. Bu yerda tomosha qiling LIVE
1 hisobidan foreks, tovarlar, qimmatbaho metallar, energiya mahsulotlari va fond indekslari bilan savdo qiling.
XM MT4 yoki MT5 savdo platformalari yordamida dunyo bozorlariga bir zumda kiring.
Bir yirik foreks bozori yopilganda boshqasi ochiladi. GMTga qarab, masalan, foreks savdo soatlari dunyo boʻylab quyidagicha aylanadi: Nyu-Yorkda soat 13:00 - 22:00 GMT orasida ishlaydi; soat 22:00 GMTda Sidney onlayn boʻladi; Tokio soat 24:00 da ochiladi va 9:00 GMTda yopiladi va halqani birlashtirish uchun London soat 8:00 da ochiladi va 17:00 GMTda yopiladi. Bu dunyo boʻylab barcha treyderlar va brokerlarga hamda barcha qitʼalardagi banklarga bir kunda 24 soat onlayn savdo qilish imkonini beradi.
Foreks bozori kuniga 24 soat ochiq va qaysilar eng faol savdo davrlari ekanini bilish juda muhim.
Misol uchun agar biz Nyu-York yopilib, Tokyo ochilishidan oldin EST boʻyicha uncha faol boʻlmagan 17:00 - 19:00 olsak, Sidney savdo uchun ochiq boʻladi, ammo uchta yirik seanslarga (London, AQSH, Tokyo) qaraganda unchalik faol boʻlmaydi. Oqibatda, faoliyat kuchsizroq boʻlishi moliyaviy imkoniyatlarning kamroq boʻlishini anglatadi. Agar siz EUR/USD, GBP/USD yoki USD/CHF juftliklarida savdo qilishni istasangiz, siz 8:00 – 24:00 orasida, Yevropa bilan Amerika Qoʻshma Shtatlari faol boʻlganda koʻproq imkoniyatlarga ega boʻlasiz.
Eʼtibor berish lozim boʻlgan boshqa foreks savdosi soatlari bu hukumat hisobotlari va rasmiy iqtisodiy yangiliklar chiqadigan vaqtdir. Hukumatlar bu yangiliklar aynan qachon chiqishini jadvalini beradi, ammo turli mamlakatlar orasida bunday relizlar muvofiqlashtirilmaydi.
Shuning uchun yirik mamlakatlarda chop etiladigan iqtisodiy indikatorlar haqida maʼlumot topish ahamiyatga ega chunki bular foreks savdosining eng faol lahzalariga mos keladi. Bunday yuqori faollik valyuta narxlarida kattaroq imkoniyatlarni anglatadi va gohida buyruqlar siz kutgan narxlardan farqli narxlarda bajariladi.
Treyder sifatida sizda ikkita asosiy variant boʻladi: yangiliklar davrlarini foreks savdo soatlaringizga qoʻshish yoki bunday davrlarda savdoni toʻxtatib turish. Qaysi muqobil variantni tanlasangiz ham, siz yangiliklar chiqqan vaqtda narxlar keskin oʻzgarganda faol yondashuvga ega boʻling.
Kunlik treyderlar uchun eng samarali soatlar bu soat 8:00 GMTda London bozorlarining ochilishi bilan 22:00 GMTda AQSH bozorlarining yopilishi orasidagi vaqtdir. Savdoning eng tigʻiz vaqti bu AQSH va London bozorlari 13:00 GMT - 16:00 GMT orasida bir vaqtga toʻgʻri keladigan vaqtdir. Kunning asosiy seanslari London, AQSH va Osiyo bozorlaridir.
Quyida bozorlardan maksimal foydalanishingizga yordam beradigan savdo seanslarining qisqacha tavsifi keltirilgan:
LONDON SEANSI - 8:00 GMT - 17:00 GMT orasida ochiq; EUR, GBP, USD eng faol valyutalar sanaladi;
AQSH SEANSI - 13:00 GMT - 22:00 GMT orasida ochiq; USD, EUR, GBP, AUD, JPY eng faol valyutalar sanaladi;
OSIYO SEANSI – yakshanba kuni taxminan 22:00 GMT da ochiladi, Yevropa savdo seansi bilan taxminan 9:00 GMTda tutashadi; kunlik savdo uchun har doim ham toʻgʻri kelmaydi.
XMda savdo soatlari yakshanba 22:05 GMT bilan juma 21:50 GMT orasiga toʻgʻri keladi. Bizning savdoni boshqarish xizmatimiz yopiq boʻlganda, savdo platformasi savdo buyruqlarini bajarmaydi va uning funksiyalari bilan faqat tanishish mumkin boʻladi.
Har qanday soʻrovlar, texnik qiyinchiliklar yoki shoshilinch yordam uchun bizning 24 soat ishlaydigan mijozlarga xizmat koʻrsatish boʻlimiga e-pochta yoki jonli chat orqali istalgan vaqtda murojaat qiling. Hisob login maʼlumotlarini taqdim etishga shay turing, shu orqali biz sizga buyruqlaringiz boʻyicha yordam berishimiz mumkin boʻladi.
Yopish pozitsiyalari borasida, mavjud pozitsiyada foydani ushlash yoki zararni toʻxtatish buyrugʻi uchun bizga chipta raqamini ham taqdim etishingiz lozim. Shundan keyin maʼlum bir valyuta juftligi uchun ikki tomolama kotirovkani soʻrashingiz va tranzaksiya miqdorini koʻrsatishingiz lozim (masalan, "Menga 10 ta lot uchun Dollar-Yapon ienasi kotirovkasi kerak.") Agar parol avtorizatsiyasi amalga oshmasa yoki siz bu jarayondan oʻtishni istamasangiz, biz koʻrsatmalaringizni bajara olmaymiz.
Riskdan ogohlantirish: Kapitalingiz risk ostida. Kredit yordamiga ega mahsulotlar hammaga ham toʻgʻri kelmasligi mumkin. Bizning Risklardan ogohlantirishimiz bilan tanishib chiqing.