XM TVda

XM vakili Peter Mcguire TVda

XM vakili Peter Mcguirening videolarini dunyo TV kanallarida qidiring

Peter McGuire

Peter MacGuire XM Australia kompaniyasining bosh ijrochi direktori va kompaniyaning Avstraliya moliyaviy xizmatlari litsenziyasi boʻyicha masʼul menejer hisoblanadi. U XMga moliyaviy xizmatlar sanoati va koʻchmas mulk bozoridagi 20 yildan ortiq tajriba bilan kelgan. Peter dunyoning bir qator yetakchi ommaviy axborot vositalari, jumladan Bloomberg, CNBC va Sky TV telekanallarida oʻzi istiqomat qiladigan Sidney shahridan har haftada ulanib muntazam sharhlovchi sifatida XMni namoyon etish uchun javobgardir.

Peter Sidney Texnologiya Universitetining Biznes boshqaruvi yoʻnalishida ijrochi magistr darajasini tamomlagan. U Yangi Janubiy Uels Universitetining Savdo / Risklarni boshqarish boʻyicha bitiruvchisi sertifikatiga ega, shuningdek, AQSHning Pensilvaniya Universiteti qoshidagi Wharton Biznes maktabining Kengaytirilgan menejment dasturi bitiruvchisi sanaladi.

Peter moliyaviy xizmatlar sohasidagi ishonchli kommunikator, anjumanlar va media taqdimotchisi boʻlib, yillar davomida Manila, Sidney, Singapur, Tokio, Mumbay, Berlin, Nyu-York, Gonkong, Shanxay va Pekindagi auditoriyalar oldida chiqishlar qilgan.

Sutkada 24 soat faol boʻladigan jahon bozorlari sharoitida Peter Avstraliyaning geografik joylashuvi va Osiyo-Tinch okeani ish kuni tufayli bir necha vaqt minataqalarida ishlay oladi.

Vebsaytimizda sizga maksimal qulaylik yaratish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Batafsil maʼlumot oling yoki cookie sozlamalaringizni oʻzgartiring.

Riskdan ogohlantirish: Kapitalingiz risk ostida. Kredit yordamiga ega mahsulotlar hammaga ham toʻgʻri kelmasligi mumkin. Bizning Risklardan ogohlantirishimiz bilan tanishib chiqing.